Xiva shahar 6-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Kim epchil, kim chaqqon" sport musobaqasi tashkil etildi

Sport-nafaqat inson salomatligini mustahkamlaydigan shuningdek mamlakatni dunyoga tezda tanitadigan muhim vosita hamdir. Shu bois Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusda tashkilotimizdagi bolajonlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb masalasi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab berildi.

Xiva shahar 6-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy yilning 11-may kuni Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi ijrosiga qaratilgan “Kim epchil, kim chaqqon?” shiori ostidagi sport musobaqasini tashkil etdi.

 

Tarbiyalanuvchilar 2 ta guruhga bo‘lingan holda “Quvnoq startlar” musobaqasida o‘zaro bellashdilar. Qizg‘in bahs va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan musobaqa tarbiyalanuvchilarining sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini mustahkamladi. Hamma bolalar musobaqada g‘olib bo‘lish uchun astoydil xarakat qilishdi.

 

Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bolajonlarga hamda musobaqada peshqadamlikni qo‘lga kiritgan jamoaga maktabgacha ta’lim tashkilotining faxriy yorliqlari topshirildi. Shuningdek, yosh avlod ta’lim-tarbiyasida jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan tashkilotning jismoniy yo‘riqchilari ham tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.